YeI, Britaniya, Yaponiya va AQSH Ukrainadagi urush bo‘yicha O‘zbekiston bilan gaplashib oldi

Jamiyat

image

Kecha, 18 mart kuni Tashqi ishlar vazirligida YeI va unga a’zo davlatlar, shuningdek, Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSHning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan ularning tashabbusi asosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlari Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘z qarashlari haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, xalqaro hamjamiyatning o‘t ochishni tezda to‘xtatish, konstruktiv muzokaralar jarayonini o‘tkazish va ushbu mamlakatda xalqaro gumanitar huquqni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.

O‘zbekiston tomoni respublikaning ushbu masala bo‘yicha vazmin va betaraf yondashuv hamda vaziyatni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiriqni ko‘zda tutadigan o‘zgarmas pozitsiyasini bildirgan.

O‘zbekiston Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatgani, Ukraina bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirib borayotgani alohida ta’kidlangan.

Avvalroq O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov Oliy Majlis Senati yalpi majlisida nutq so‘zlab, rasmiy Toshkent Ukraina sharqida ayirmachilar nazoratidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1713

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing