YeI birinchi marta rossiyalik milliarderni “qora ro‘yxat”dan chiqardi

Olam

image

Rossiyalik milliarder Dmitriy Pumpyanskiydan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari olib tashlandi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Yevropa umumiy yurisdiksiya sudi rossiyalik milliarder, “Sinara” guruhi va quvur metallurgiya kompaniyasining sobiq egasi Dmitriy Pumpyanskiyning Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini bekor qilish haqidagi da’vosini qanoatlantirdi. U ittifoq sanksiyalarini sud orqali olib tashlashga erishgan birinchi rossiyalik milliarderga aylandi. 

Qarorda ta’kidlanishicha, Pumpyanskiy ushbu tuzilmalarning top menejerlari tarkibiga kirgani uni “Rossiyada faoliyat yuritayotgan yetakchi ishbilarmon” yoki “iqtisodiyotning muhim manbalarini ta’minlaydigan ishtirokchi” deb tasniflashga imkon bermaydi. Sud qaroriga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasi hukumatiga daromad keltiruvchi sifatida hech qanday belgilarga ega emas, deb topilgan.

Shunday qilib, Pumpyanskiyga nisbatan cheklovlar to‘g‘risidagi qaror bekor qilinadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Kengashi sanksiyalar davomida mazkur tadbirkorga yetkazilgan zarar va boshqa xarajatlarni to‘lashi kerak.

Shuningdek, sud milliarderning rafiqasi Galinani ham Yevropa Ittifoqining “qora ro‘yxat”idan chiqarib tashladi. “Forbes” biznesmenning boyligini 3,3 milliard dollarga baholagan. Pumpyanskiy 2022 yil martida YeI sanksiyalariga duchor bo‘lgan.

O‘sha paytda hatto Buyuk Britaniya ham milliarderga qarshi xuddi shunday qaror qabul qilgan. Tadbirkor quvur metallurgiya kompaniyasining 90 foizini nazorat qilgan. U direktorlar kengashi a’zosi, shuningdek, kompaniyaning benefitsiari va “Sinara” Prezidenti bo‘lgan. Biroq sanksiyalar tufayli u ikkala kompaniyadagi barcha lavozimlarini tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Dmitriy Pumpyanskiy "Sinara"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing