YeI an’analarini buzdi. Ittifoq ilk bor qurol uchun Ukrainaga €300 mln berdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 300 million yevro miqdoridagi imtiyozli kredit o‘tkazdi, Shuningdek, YeI o‘z tarixida birinchi marta harbiy mojaro zonasiga qurol yetkazib berishni moliyalashtirishga va’da berdi. Bu haqda Yevrokomissiya vitse-prezidenti  Valdis Dombrovskis Twitter sahifasida yozib qoldirgan

“Bugun Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 300 million yevro favqulodda makroiqtisodiy yordam oldi. YeI tarixda birinchi marta hujumga uchragan davlatga qurol sotib olish va yetkazib berishni moliyalashtiradi”, deydi vitse-prezident. 

Avvalroq, Yevropa tinchlik jamg‘armasi (European peace facility) Ukrainaga harbiy jihatdan yordam berish uchun 500 million yevro ajratgandi. 

Shuningdek, AQSH ham Ukraina va Yevropadagi ittifoqchilariga harbiy, gumanitar va iqtisodiy yordam uchun 13,6 milliard dollar ajratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

829

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing