YeI Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi

Olam

image

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning singlisi Saodat Narziyeva Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi. 

Gazetaning qayd etishicha, Usmonov va Narziyeva aprel oyida Yevropa Ittifoqi hududida sayohat qilish yoki a’zo davlatlar hududida joylashgan aktivlardan foydalanishga to‘sqinlik qilgan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha sudga murojaat qilgan.

“Biz boshidanoq Saodat Narziyevaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar yolg‘on ayblovlarga asoslanganligini aytgan edik, hozirda bu ayblovlar ishonchli va aniq rad etildi. Biz Yevropa Ittifoqi Kengashining Narziyeva xonimni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlash haqidagi qarorini olqishlaymiz”, deydi Narziyevaning matbuot kotibi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Usmonov hamon sanksiyalar ro‘yxatida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Saodat Narziyeva joriy yilning 13 aprel kuni bir qator rossiyalik amaldorlar va oligarxlarning yaqinlari qatorida Yevropa Ittifoqi ro‘yxatiga kiritilgan edi. Shuningdek, Usmonovning yana bir singlisi Gulbahor Ismoilova nomiga rasmiylashtirilgan "Dilbar" yaxtasi Germaniyada xatlovga olingan.

Ma’lumot uchun, shu hafta Yevropa Ittifoqi "qora ro‘yxat"idan o‘chirilgan boshqa ismlar orasida marhum rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy va moliyachi Mixail Fridmanning sobiq rafiqasi Olga Aiziman ham bor.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing