Britaniyadan navbatdagi sanksiyalar: Alisher Usmonovning opa-singlisi ham “qora ro‘yxat”ga tushdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasidan yana 206 nafar jismoniy va yuridik shaxsni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Yangilangan ro‘yxatda milliarder Alisher Usmonovning opa-singillari Saodat Narziyeva va Gulbahor Ismoilova ham bor. Hujjat Britaniya hukumati saytida e’lon qilindi.

Bugun, 13 apreldagi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlar:

•  Biznesmen va AFK “Sistema” aksiyadori Vladimir Yevtushenkov;

•  “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov;

•  “Surgutneftegaz” bosh direktori Vladimir Bogdanov;

•  "Rossiya temir yo‘llari" sobiq rahbari Vladimir Yakunin;

•  Prezidentning ilmiy va ta’lim siyosati bo‘yicha yordamchisi Andrey Fursenko;

•  “Gazprombank” vitse-prezidenti va RFU sobiq rahbari Sergey Fursenko;

•  Tadbirkor Grigoriy Berezkin (YeSN guruhi);

•  “Muxolifat platformasi - hayot uchun” muxolifat partiyasidan Ukraina Oliy Radasi deputati Viktor Medvedchuk.

Bundan tashqari, yangilangan ro‘yxatda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning rafiqasi Mariya, tadbirkor Gennadiy Timchenkoning rafiqasi Yelena, Alisher Usmonovning opa-singillari Saodat Narziyeva va Gulbahor Ismoilova, oligarx Fridmanning yordamchisi Nigina Zairova, “Surgutneftgaz” bosh direktori va hammuassisi Vladimir Bogdanov, “Ozon”ning sobiq bosh direktori Aleksandr Shulgin, "Transmashxolding" AJ direktorlar kengashi raisi Andrey Bokarev, tadbirkorlar Said Kerimov, Farhod Ahmedov va Igor Kesayev ham bor.

Umuman olganda, joriy yilning 24 fevralidan beri Buyuk Britaniya 1,2 mingdan ortiq rossiyalik siyosatchilar, biznesmenlar, amaldorlar, jurnalistlar va korxonalarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami aktivlari 940 milliard funt sterling (1,2 trillion dollar) bo‘lgan 18 ta Rossiya banki, shuningdek, London tomonidan umumiy aktivlari 170 milliard funt sterling (220 milliard dollar) deb baholangan 82 nafar “oligarx va ularning oila a’zolari” sanksiyalar ostida qolgan. Shu bilan birga, Rossiya fuqarolari Mariya Voronsova, Katerina Tixonova va Yekaterina Vinokurovaga nisbatan shaxsiy cheklovlar qo‘ygan.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan uch nafar ayolning (Saodat Narziyeva, Gulbahor Ismoilova va Nigina Zairova) tug‘ilgan joyi O‘zbekiston deb ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing