YeI 24 fevralgacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
Olam
−
02 fevral 2023
4218Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketini 24 fevralgacha – Ukrainada urush boshlanganining bir yilligiga qadar joriy qilmoqchi. Bu haqda “Agence France-Presse” nashri Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga tayanib xabar berdi.
“Bosqin boshlanganidan roppa-rosa bir yil o‘tib, 24 fevralga qadar biz sanksiyalarning o‘ninchi paketini amalga oshirish niyatidamiz”, deydi Lyayen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy to‘qqizta sanksiya paketi Rossiya iqtisodiyotiga putur yetkazadi. Shuningdek, u Rossiya nefti narxini cheklash Moskvaga kuniga taxminan 160 million yevroga tushishini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 3 fevral kuni Kiyevda Yevropa Ittifoqi-Ukraina sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa yetakchilari Ukrainaning Rossiya tajovuziga qarshilik ko‘rsatishini moliyaviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
LiveBarchasi