YeCHLda turning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar aniq bo‘ldi

Sport

image

UEFA Yevropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun to‘rtta nomzodni e’lon qildi.

Mukofotga “Monako” a’zosi Takumi Minamino, “Milan” futbolchisi Teyani Reynders va “Real” hamda “Barselona”ning braziliyalik futbolchilari Vinisius Junior bilan Rafinya da’vogarlik qilmoqda.

Minamino “Srvena Zvezda” bilan o‘yinda dubl qayd etdi va golli uzatmani amalga oshirdi, Teyani Reynders esa “Bryugge” bilan o‘yinda dublga erishdi.

Braziliyalik futbolchilar Vinisius Junior “Borussiya”ga qarshi bahsda, Rafinya esa “Bavariya” bilan o‘yinda xet-trik qayd etib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

G‘olib futbolchi UEFA rasmiy saytida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi va tez orada g‘olib futbolchi nomi e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Rafin'ya Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing