YeCHLda g‘alaba qozonish vaqti keldi – Mbappe

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumda UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish niyati bor ekanini ma’lum qildi.

“Biz tayyor bo‘lishimiz kerak. Buning vaqti keldi. Mavsumning eng muhim qismida turibmiz. Albatta, biz oldinga qadam tashlamoqchimiz. Ikki yildan beri final va yarim finalga chiqyapmiz. Ammo endilikda g‘alaba qozonishni istaymiz”, deydi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, YeCHLning 1/8 finalida PSJ Madridning “Real” klubi bilan to‘qnash keladi. Mbappe esa nimchorak final  o‘yinlaridan so‘ng, “Real” bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Kilian 2017 yilda “Monako”dan PSJ safiga kelib qo‘shilgan. Hujumchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Mbappe Fransiya 1-ligasining 17 ta o‘yinida qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u UEFA Chempionlar ligasida 4 marta, Fransiya kubogida esa raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg‘ol etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Mbappe Liga 1 UEFA Chempionlar ligasi

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing