YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Sport
−
08 Sentabr 2022
3237Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 1-turining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda UEFA rasmiy saytida xabar berildi.
Dastlabki nomzod sifatida PSJ hujumchisi Kilian Mbappe e’tirof etilgan. 23 yoshli futbolchi "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda ikkita gol urdi va klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Xavi boshchiligidagi "Barselona" tobora yaxshilanib bormoqda. Albatta, bunga yozda amalga oshirilgan ajoyib transferlar ham sabab bo‘ldi. Kutilganidek, yangi kelgan futbolchilar orasida Robert Levandovski alohida ajralib turibdi. Polshalik futbolchi YeCHLda "Barselona" safidagi debyut uchrashuvidayoq xet-trik qayd etdi. Robertning gollari “ko‘k anorranglilar”ning "Viktoriya"ni 5:1 hisobida taslim qilishiga yordam berdi. Levandovskining o‘zi esa hafta qahramoni bo‘lishga asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.
YeCHL 1-turidagi eng kutilmagan natija "Napoli"ga tegishli bo‘ldi. Italiya klubi "Liverpul"ni yirik 4:1 hisobida taslim qildi. "Qizillar"ga qarshi o‘yin napoliliklar yarim himoyachisi Petr Zelinskining benifisiga aylanib ketdi. U "Liverpul" darvozasiga ikkita gol urdi va bitta samarali uzatma berdi. Zelinski haqli ravishda hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlar qatoridan joy oldi.
1-turning yana bir qiziqarli uchrashuvida "Bavariya" "Inter" maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi. Ushbu bahsda nemis klubi yarim himoyachisi Leroy Sane fenomenal harakatlarni amalga oshirib, ajoyib gol kiritdi. Bu harakati Sanega hafta qahramonlari orasiga kirishga yordam berdi.