YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar 4 nafar o‘yinchining nomi elon qilindi.

“Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema PSJga (3-1) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, yulduzlar bilan to‘lib toshgan Parijni nimchorak finaldayoq musobaqadan uloqtirib tashladi. Shubhasiz, Karim ushbu mavsumda Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi bo‘lmoqda. Benzema “Oltin to‘p”ni yutmaguncha tinchimaydigan ko‘rinadi.

“Manchester Siti” “Sporting”ga (0-0)  qarshi  kechgan bahsda o‘zini ortiqcha urintirgani yo‘q. Biroq bu “shaharliklar” yarim himoyachisi Fernandinyoga maydonda ter to‘kishga xalaqit bermadi. Natijada, braziliyalik futbolchi 89 foiz aniq uzatma amalga oshirdi va 10,74 km masofani bosib o‘tdi.

“Bavariya” birinchi uchrashuvdagi tasodifiy durangdan so‘ng javob o‘yinida “Zalsburg”ni (7-1) “bo‘laklarga bo‘lib tashladi”. Bahsda myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski  uchta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Darhaqiqat, oxirgi uch mavsumda Robert bog‘da gul tergan kabi gol urmoqda.

“Inter” “Liverpul”ga (1-0) qarshi ikkita  o‘yinda ham ajoyib futbol namoyish qildi. Ikkichi bahsda hattoki gol ham o‘tkazib yubormadi. Bunda milanliklar  himoyachisi Milan Shkrinyarning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Har holda liverpulliklar tarkibida Muhammad Saloh, Mane, Jota kabi top huhumchilar bor. Shuningdek, Shkrinyar sheriklariga bergan uzatmalarining 89 foizi manzilga aniq yetib borgan.

Ma’lumot o‘rnida, YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi muxlislar tomonidan beriladigan ovozlar yakuniga ko‘ra e’lon qilinadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

EChL PSJ Karim Benzema “Real Madrid”

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing