YeCHLda haftaning eng chiroyli goli aniqlandi (video)

Sport

image

“Liverpul” yarim himoyachisi Tiago Alkantaraning UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida raqib darvozasini ishg‘ol qildi va haftaning eng chiroyli goliga mualliflik qildi.

Ispaniyalik yarim himoyachi “Portu” ga qarshi o‘yinning (2:0) 52-daqiqada uzoq masofadan “pushka” zarba yo‘lladi va to‘pni darvozaning pastki burchagiga joylab, hisobni ochdi.

Ikkinchi o‘rinni chalqancha uslubda gol urgan “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga nasib etdi.

Uchinchi pog‘onadan “Yang Boyz” vakili Silvanas Xefti, to‘rtinchi o‘rindan esa “Sporting” futbolchisi Pedro Gonsalvesh joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul”, “Ayaks”, “Bavariya”, “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Inter”, “Real Madrid”, “Manchester Siti”, PSJ, “Sporting” jamoalari pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Portu Klopp Al'kantara

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing