YeCHLda hafta o‘yinchisi aniqlandi

Sport 3020
image

Yevropa Chempionlar ligasining ushbu haftada o‘tkazilgan chorak final bahslariga ko‘ra, “Haftaning eng yaxshi futbolchisi” aniqlandi.

UEFA rasmiy sayti joriy hafta Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshi futbolchi sifatida “Liverpul” hujumchisi Roberto Firminoni e’tirof etdi.

Qo‘shimcha qilish zarur ushbu sovrin uchun Firminodan tashqari quyidagi futbolchilar nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi:

Son Xyon Min, Frenki De Yong, Jerar Pike.

Nomzodlar orasidan “Portu”ga qarshi bahsda 1ta gol urib, 1ta golli pas bergan Firmino eng ko‘p ovoz to‘plab, hafta futbolchisiga aylandi.

Umar Murod
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 31
Reyting: 2.9
t
×