YeCHLda hafta futbolchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) 1/8 final o‘yinlari yakunlangach, haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod bo‘lgan to‘rt nafar futbolchi aniq bo‘ldi.

Sovringa “Arsenal”ning ispaniyalik darvozaboni David Rayya, “Atletiko Madrid”ning sloveniyalik darvozaboni Yan Oblak, Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Jeydon Sancho va “Barselona” sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik yosh himoyachi Pau Kubarsi da’vogarlik qilmoqda.

Qayd etish joiz, Jeydon Sancho PSVga (2:0) g‘alaba to‘pini kiritgan bo‘lsa, “Portu” va “Inter”ga qarshi o‘yinlarda Rayya va Oblak penaltilar seriyasida mos ravishda ikkitadan penaltini qaytardi. 17 yoshli markaziy himoyachi Kubarsi “Napoli” bilan Yevropa Chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvida (3:1) 90 daqiqa harakat qildi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Bu hafta Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining to‘rtta o‘yini bo‘lib o‘tdi: “Borussiya” - PSV (2:0), “Barselona” - “Napoli” (3:1), “Arsenal” - “Portu” (1:0; 4:2 - penaltilar bo‘yicha), “Atletiko” - “Inter” (2:1; 3:2 - penaltilar bo‘yicha).


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Yan Oblak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made