YeCHL pley-off bosqichi ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 11 dekabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Ispaniyaning “Atletiko” va Italiyaning “Atalanta” klublari guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Italyan klubi so‘nggi turgacha “S” guruhida oxirgi o‘rinni egallab turgandi. So‘nggi turda “Shaxtyor” ustidan erishilgan g‘alaba va Zagrebning “Dinamo” klubi mag‘lub bo‘lishi natijasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Barselona”, “Bavariya”, “Yuventus”, “Leypsig”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, PSJ va “Valensiya” guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlab, 1/8 finalga yetib keldi.

“Borussiya” (Dortmund), “Real”, “Lion”, “Napoli”, “Chelsi”, “Tottenxem”, “Atalanta” va “Atletiko” guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga o‘tdi.

Qayd etish kerakki, Chempionlar ligasi tarixida ilk bor 1/8 final bosqichda faqatgina kuchli 5 ta liga jamoalari o‘ynaydigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing