YeCHL: Koreyalik futbolchi o‘zbek futbolchisi o‘rnatgan rekorddan o‘tib ketdi

Sport

image

Kecha Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali javob bahsida “Tottenxem”ning koreyalik futbolchisi Son Xyon Min ikkita gol kiritib, jamoasining yarim finalga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi.

E’tiborlisi, Son tomonidan kiritilgan bu ikki gol uning YeCHLdagi 11 va 12-gollariga aylandi. Natijada koreyalik futbolchi o‘zbekistonlik Maksim Shatskixni ortda qoldirib, turnir bo‘yicha osiyoliklar orasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbek futbolchisi Kiyevning “Dinamo” klubi safida Yevropaning eng nufuzli turnirida 10 ta gol kirita olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Maksim Shatskix Son Xyon Min

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing