YeCHL klublarning chempionlik imkoniyatlari yangilandi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) g‘olibligiga asosiy da’vogar. Bu haqda statistikalar bilan shug‘ullanuvchi “Opta” portali xabar berdi.

Portal Gvardiola shogirdlarini musobaqa asosiy favoriti hisoblab, g‘alaba qozonish ehtimolini 28,3 foizga baholadi. Chorak finaldagi “Man Siti”ning raqibi “Real” esa turnirni yutish uchun ikkinchi da’vogar sifatida qayd etilmoqda. Foiz ko‘rsatkichida madridliklar imkoniyati 15 ga teng. Kuchli uchlikda PSJ klubi bo‘lib, ularning chempionlik imkoniyati 14,7 foiz etib ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, YeCHLning amaldagi g‘olibi “Manchester Siti” xisoblanadi. “Shaharliklar” o‘tgan yili finalda Milanning “Inter” klubini 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa bosh sovriniga ega chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeCHL o‘yinlarida ISHID teraktlar uyushtirmoqchi ekanligi xabar qilingnadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing