YeCHL qahramonlari e’lon qilindi, ular orasida Ronaldu va Messi yo‘q

Sport

image

UEFA tashkiloti 2020-21 yilgi Chempionlar ligasida mukofotlanuvchi futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda o‘z pozitsiyasida eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun da’vogar bo‘lgan o‘yinchilarni ko‘rish mumkin. 

Darvozabonlar: Tibo Kurtua (“Real”), Eduard Mendi (“Chelsi”), Ederson (“Manchester Siti”).

Himoyachilar: Sesar Aspilikueta (“Chelsi”), Ruben Diash (“Manchester Siti”), Antonio Ryudiger (“Chelsi”).

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Jorjino (“Chelsi”), Ngolo Kante (“Chelsi”).

Hujumchilar: Robert Levandovski (“Bavariya”), Kilian Mbappe (PSJ), Erling Xoland (“Borussiya D”).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 may kuni Portu shahridagi “Dragau” stadionida bo‘lib o‘tgan YeCHL finalida “Chelsi” “Manchester Siti”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe EChL Erling Xoland UEFA Robert Levandovski

Baholaganlar

251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing