YeCHL finali boshqa davlatga ko‘chirildi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi Angliya klublari “Manchester Siti” va “Chelsi” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi finalining Istanbuldan Portugaliyaning Portu shahriga ko‘chirilishini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, final o‘tkazilish joyining ko‘chirilishiga Turkiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan.

Final uchrashuvi Portugaliyaning “Portu” klubi uy stadion – “Dragao”da bo‘lib o‘tadi. O‘yinda stadionga jamoalarning 6 ming nafardan muxlisi tashrif buyurishiga ruxsat beriladi.

Chempionlar ligasi finali dastlab Istanbuldagi “Otaturk” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo Buyuk Britaniya hukumati koronavirus tufayli Turkiyani “qizil ro‘yxat”ga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng, muxlislarning ushbu davlatga tashrif buyura olmasligi sababli shu qarorga kelingan.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi 29 may kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing