YeCHL dastlabki yarim finalida g‘olib aniqlanmadi
Sport
−
01 may
37671 mayga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) dastlabki yarim finali bo‘lib o‘tdi. Myunxenda “Bavariya” klubi Madridning “Real”ini qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvda dastlabki golga 24-daqiqada “qirollik klubi” a’zosi Vinisius Junior mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchining goli 1-taymda yagona bo‘lib qoldi.
2-bo‘limning 53-daqiqasida mezbonlar a’zosi Leroy Sane hisobdagi muvozanatni tikladi. Oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas “Real” a’zosi o‘z jarima maydonchasida Myunxen klubi futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Hakam Ispaniya klubi darbozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan Xarri Keyn aniq zarba berib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
83-daqiqada mehmonlar futbolchisi Rodrigo raqib jarima maydonchasida yiqitildi. Penaltidan Vinisius unumli foydalandi va hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Shunday qilib, YeCHL dastlabki yarim final o‘yinida g‘olib aniqlanmadi.
2 mayga o‘tar kechasi yarim finalning ikkinchi o‘yinida “Borussiya” va PSJ klublari o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.