“Yashil” va “sariq” hududlarda xizmat ko‘rsatish turlariga ruxsat beriladi

Jamiyat

image
“Qanotchi” restorani rahbariyati javobgarlikka tortildi. Shahar hokimligi yolg‘on bayonot tarqatgan north_east

“Qanotchi” restorani rahbariyati javobgarlikka tortildi. Shahar hokimligi yolg‘on bayonot tarqatgan

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tgan videoselektorda yig‘ilishida so‘z borgan. 

Yig‘ilishda mamlakatdagi epidemiologik vaziyat hamda hududlar rahbarlarining takliflaridan kelib chiqib, karantin talablarini yanada yumshatish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “yashil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi belgilandi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e’tiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratildi.

Bunda: “Sariq” va “Qizil” toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (shaharlar) “Yashil” toifaga kiritiladi;

“Yashil” yoki “Sariq” toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (shahrida) koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirmagan holda tegishli tumanning (shaharning) o‘zi “Qizil” toifaga o‘tkaziladi.

"Qizil", "sariq" va "yashil" hududlarda ruxsat beriladigan va taqiqlar mavjud faoliyat turlari bilan quyida tanishishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing