Yashil rangli meva-sabzavotlar foydaliroqmi?

Foydali

image

Yuqori toifadagi shifokor, diyetolog Yekaterina Burlyayeva yashil rangdagi meva va sabzavotlar qizil rangdagi meva-sabzavotlardan ko‘ra foydali ekani to‘g‘risidagi afsonani inkor qildi. Bu haqda "Argumenti i fakti" ma’lumot bergan. 

Ta’kidlanishicha, har bir rangdagi meva va sabzavotlarning o‘ziga xos qimmatli xususiyatlari mavjud. 

Qizil, to‘q qizil va qora rangli meva-sabzavotlar tarkibida likopin moddasi bor. U qon tomirlaridagi aterosklerotik o‘zgarishlar rivojlanishini sekinlashtiradi va ayrim turdagi onkologik kasalliklar xavfini kamaytiradi. 

Shuningdek, to‘q rangdagi mahsulotlar, masalan, chernikada ko‘z salomatligi uchun zarur bo‘lgan antotsianlar mavjud.

Sariq va to‘q sariq rangdagi meva-sabzavotlar tarkibida karotinoidlar ko‘p bo‘lib, ular ham ko‘z uchun foydali hisoblanadi. 

Yashil rangli mahsulotlarda esa indollar mavjud bo‘lib, ular gormonlarga bog‘liq o‘smalarning ayrim turlari rivojlanishi xavfini kamaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

meva sabzavot

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing