Yashil maydon ijodkori bilan xayrlashuv. Dunyo futboli Bekkenbauer vafotidan qayg‘uda qoldi

Sport

image

Kecha, 8 yanvar kuni afsonaviy nemis futbolchisi Frans Bekkenbauer 78 yoshda vafot etdi. 

Faoliyati davomida nemis futbolchisi ko‘plab jamoaviy va individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi. U 1972 va 1976 yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi uchun “Oltin to‘p” bilan taqdirlangan. Frans o‘z davrining eng yaxshi futbolchilaridan biri va butun jahon futboli afsonasi edi. 

Afsonaning vafoti munosabati bilan taniqli shaxslar va klublar hamdardlik bildirib, Bekkenbauerning yaqinlariga ta’ziya izhor qildi.

Hatto sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi ham hamdardlik bildirishni unutmadi. 

“Bavariya”

“Bavariya” dunyosi endi avvalgidek emas – to‘satdan qorong‘i, sokin, kambag‘alga aylandi: Germaniya rekordlarining “imperator”i Frans Bekkenbauer uchun qayg‘udamiz, usiz “Bavariya” hech qachon hozirgi darajasiga chiqa olmasdi”.

“Barselona”

“Barselona” klubi bugun 78 yoshida bizni tark etgan jahon futboli afsonasi Frans Bekkenbauerning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiradi”.

“Manchester Yunayted”

“Bavariya”dagi hamkasblarimizga chin dildan hamdardlik bildiramiz, chunki biz haqiqiy buyuk Frans Bekkenbauerni yo‘qotganimiz uchun qayg‘udamiz”.

Adidas

“Frans Bekkenbauer: futbol ijodkori, u o‘z mahoratini chiroyli o‘yinning romantik matosiga nafis chiza olgan shaxs”.

Shuningdek, “Real”, “Liverpul”, “Benfika”, “Ayaks”, “Atletik” va boshqa bir qator klublar nemis futbolchisining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Real Bavariya Oltin to'p Frants Bekkenbauer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing