Yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingi e’lon qilindi. Toshkent eng quyi o‘rinda

Olam

image

Gonkong, Parij va Syurix 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sharoitida yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida yetakchilik qildi. Reytingni Britaniyaning Economist Group kompaniyasining tadqiqotchilar guruhi tomonidan tuzilgan.

Mutaxassislar dunyodagi 133 ta yirik shaharlardagi 140 ga yaqin tovar va xizmatlar narxini tahlil qilib chiqqan. Eng qimmat shaharlar o‘ntaligiga bir necha yillar davomida birinchi o‘rinni egallab kelgan Singapur, shuningdek, Tel-Aviv, Osaka, Jeneva, Nyu-York, Kopengagen va Los-Anjeles ham kirgan.

Mutaxassislar o‘rgangan 133 ta shahar orasida Olma-ota, Karakas, Lusaku, Toshkent va Damashq yashash uchun eng arzon kentlar deb topilgan va so‘nggi pog‘onani egallagan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, mutaxassislar o‘rgangan tovarlar narxi o‘tgan yildagiga nisbatan 0,3 foizga qimmatlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting shahar

Baholaganlar

746

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing