Yarim soatda 100% quvvatlanadigan smartfon chiqarildi

Biznes

image

Bugungi kunda fobiyalarning juda ko‘p turlari aniqlangan. Yopiq joylardan qo‘rqish, qorong‘idan qo‘rqish, balandlikdan yoki bakteriyalardan qo‘rqish… Notanish qo‘ng‘iroqlar va xabarlardan qo‘rqish hissi haqidagi gaplar ham qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak. Xo‘sh, smartfonning quvvati tugab qolishidan qo‘rqish haqida-chi, eshitganmisiz? Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qo‘rquv boshqa fobiya turlariga qaraganda kengroq tarqalgan. Xususan, dunyo aholisining har 10 tadan 9 tasi, ya’ni 90% odam batareya quvvatining tugab qolishi sababli vahimaga tushadi, hayotidagi muhim qarorlarni shu sababli o‘zgartiradi. 

Xo‘sh, sizda ham batareya tugayotganidan dalolat beruvchi qizil belgi yoki ogohlantiruvchi xabarnoma sarosima uyg‘otadimi? Shuningdek, smartfoningizning sifatsiz kamerasi eng yaxshi kunlaringizni suratlarga muhrlab qo‘yishga imkon bermaydimi? Unda HUAWEI kompaniyasi aynan siz uchun super quvvatlash tizimi hamda sifatli kameraga ega bo‘lgan telefonlarning bir emas, 3 turini taklif etadi. 

Birinchi mahsulot – HUAWEI nova 12i yuqori aniqlikdagi 108 MP kamera, tez quvvatlanuvchi SuperCharge Turbo akkumulyator (40 Vt, 5000 mA/soat) bilan jihozlangan bo‘lib, bu 30 daqiqada 62% quvvatlash va kun davomida batareya haqida o‘ylamaslik imkonini beradi. Bu orqali siz dunyodagi 41% aholi singari batareya quvvati o‘chib qolganda o‘tkazib yuborilgan muhim qo‘ng‘iroqlardan aziyat chekmaysiz. 

Kameraga to‘xtaladigan bo‘lsak, raqobatdosh kompaniyalarning mahsulotidan yaqqol farqni sezasiz. Qurilmaning asosiy kamerasi yuqori aniqlikdagi 108 MP ob’ektiv va katta sensor bilan jihozlangan. Selfi kamerasi esa 8 megapikselli linzaga ega.

Dizayn ham alohida e’tiborga molik. Telefon hozirgi vaqtda urf bo‘layotgan yashil hamda odatiy qora rangda sotuvga chiqarilgan. Xaridorlar 128 GB va 256 GB hajmdagi ichki xotiraga ega smartfonlarni sotib olishi mumkin. 

Agar sizga bundan kuchliroq telefon kerak bo‘lsa, kompaniya bunday turdagi rusumlarni ham taqdim etadi. HUAWEI nova 12s va HUAWEI nova 12 se smartfonlari yanada tezroq quvvatlanish imkoni hamda yanada tiniqroq kadrlarni taqdim etadi. Gap shundaki, har ikki qurilma ham HUAWEI SuperCharge Turbo 2.0 66 Vt quvvatlagichi bilan jihozlangan. Akkumulyatorlarning quvvati 4500 mA/soatni tashkil etadi. Bu 32 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida 100% quvvatlantirish demakdir. 

Kameralarning parametri esa quyidagicha:
•  HUAWEI nova 12s 60 megapikselli ultra keng burchakli old kamera va 50 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan. 
•  HUAWEI nova 12 se’da esa 32 MP old kamera hamda 108 MP asosiy uchta kamera mavjud.

Ularning noodatiy dizayni alohida e’tiborga loyiq: HUAWEI nova 12s ko‘k, oq va qora ranglarida ishlab chiqarilgan. Orqa panel ajoyib naqshlar bilan bezatilgan, asosiy kamera esa orbital halqa ko‘rinishida maxsus uslubda yaratilgan. HUAWEI nova 12 se’ning esa yashil, oq va qora ranglari mavjud. Ushbu qurilmaning orqa panelida barmoq izlaridan maxsus himoyalangan va nozik nur taratib turuvchi qoplama mavjud. Har ikkala telefonning xotirasi 256 GB hajmga ega.

Ham baquvvat batareyaga, ham sifatli kameraga, ham chiroyli dizaynga ega smartfon siz uchun eng yaxshi tanlov bo‘ladi. Shuningdek, kompaniya ushbu imkoniyatlarni kuchli xavfsizlik tizimi bilan kengaytirgan. Har holda, shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. HUAWEI’ning har uchala rusumi ham yangi EMUI 14 interfeysiga ega. U ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini oshiradi. Maxfiylik markazi shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqiga ega bo‘lgan ilovalar haqida ma’lumot to‘playdi. Keyin uni qulay formatda vizualizatsiya qiladi. Bu foydalanuvchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni osongina kuzatib borish va oldini olish imkonini beradi. Shuningdek, xavfsizlik markazi tizimni viruslar va zararli dasturlardan himoya qiladi.

AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotlardan birida 2 mingdan ortiq respondentga sport zaliga borish yoki telefonini quvvatlash tanlovi berilgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, odamlarning har uch nafaridan biri sport zalidan voz kechgan. 30-40 yosh oralig‘idagi odamlarning ko‘rsatkichi esa bundan ham yomonroq. Ularning 42% telefonni quvvatlashni afzal ko‘radi. 

Tasavvur qiling, hali kunning birinchi yarmi. Telefoningizga esa quvvat tugayotgani haqida bildirishnoma keldi. Xo‘sh, nima qilasiz? 60% aholi bunday holatda yo telefonini o‘chirib qo‘yadi yoki batareyani tejash uchun qurilmasini ishlatmaydi. Ushbu vaziyatda siz biror odamdan quvvatlagich so‘rashingiz, keyin uni elektr energiyasiga ulash uchun biror kafega kirib yegulik sotib olishingiz kerak. Ammo o‘ylab ko‘ring, bu kamchiliklarga ko‘z yumishga majbur emassiz. Yuqoridagi 3 ta smartfonlardan birini tanlang, biz bilan bog‘laning va o‘zingizga eng yaxshisini ravo ko‘ring!

Manzil: Tashkent, Mirabod tumani, Afrosiob ko‘chasi  28/14

Telegram: HuaweiMobileUz

Instagram: HuaweiMobileUz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

smartfon HUAWEI fobiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made