Yaponlarda o‘qituvchilar bayrami yo‘q, ammo...

Bu qiziq

image

1 oktyabr – O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylar kuni. Shu kunda o‘qituvchilarga hurmat va ehtirom yuzasidan mamlakat bo‘ylab dam olish kuni e’lon qilingan. Shu kunda o‘qituvchilarga odatdagidan ko‘proq e’tibor qaratiladi.

Dunyoning eng rivojlangan, ilm-fan mislsiz darajada taraqqiy etgan mamlakati Yaponiyada ustozlar bayrami yo‘q. Yaponlar murabbiylar kunini alohida bir kunda nishonlamaydi, deb yozadi Facebook foydalanuvchilaridan biri.

“Bir kuni men yaponiyalik hamkasbim Yamamotadan bu yerda o‘qituvchilar bayrami qachon va qanday nishonlanishini so‘radim. U mening savolimdan taajjublangancha “Bizda hech qanday o‘qituvchilar bayrami yo‘q”, deb javob berdi.

Menda bir savol paydo bo‘ldi: Iqtisodiyot, fan va texnika rivojlangan mamlakatda nega o‘qituvchiga uning mehnatiga hurmatsiz qaraydilar?

Ishdan keyin Yamamota uyiga mehmonga taklif qildi. U maktabdan uzoqda yashagani uchun biz metroda ketdik. Kechki “chas pik”da metro vagonlari to‘la edi.

Men ham siqilib, tutqichdan ushlab ketayotgandim. Kutilmaganda, yonimda o‘tirgan qari erkak menga joy berdi. Qariya tomonidan ko‘rsatilgan bunday hurmatni tushunmay, uning taklifini qabul qilmadim. Biroq u qat’iy turib olgani uchun o‘tirishga majbur bo‘ldim. Metrodan chiqqach, Yamamotadan oqsoqolning harakati uchun izoh so‘radim. Yamamota kulib, mening o‘qituvchilik nishonimni ko‘rsatib, dedi:

– Bu qariya sening o‘qituvchilik belgingni ko‘rib qoldi va hurmat yuzasidan senga joy berdi.

Yamamotaning uyiga birinchi marta mehmonga ketayotganim uchun quruq qo‘l bilan borish noqulay bo‘ldi va sovg‘a olishga qaror qildim. Yamamotaga niyatimni aytdim. U meni qo‘llab-quvvatladi va yaqin orada o‘qituvchilar uchun do‘kon borligini, u yerdan imtiyozli narxlarda narsa sotib olish mumkinligini aytdi.

Men yana o‘z hissiyotimni tutib turolmay so‘radim:

– Imtiyozlar faqatgina o‘qituvchilar uchunmi?

Yamamota mening so‘zlarimni tasdiqlab, dedi:

– Yaponiyada o‘qituvchi – eng hurmatli kasb, eng hurmatli kishi. Yapon tadbirkorlari do‘koniga o‘qituvchi kirsa, juda xursand bo‘ladi, buni o‘zi uchun katta sharaf deb biladi.

Yaponiyada bo‘lgan vaqtimda yaponlar o‘qituvchilarni cheksiz hurmat qilishiga bir necha marta guvoh bo‘ldim. Metroda ular uchun alohida joylar bor, ular uchun alohida do‘konlar ochilgan, o‘qituvchilar har qanday transport vositasiga chipta olish uchun navbatda turmaydi. Shunday ekan yapon o‘qituvchilariga bir kunni bayram qilishning nima keragi bor, qachonki ularning har kuni bayram bo‘lsa”, deb hikoyasini yakunlagan asli kasbi o‘qituvchilik bo‘lgan foydalanuvchi.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi Yaponiya

Baholaganlar

221

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing