Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Kim Chen In bilan shaxsan uchrashmoqchi 

Olam

image

Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Fumio Kishida o‘g‘irlangan yapon fuqarolari muammosini hal qilish uchun Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen In bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga tayyor. Bu haqda u Tokiodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.  

“O‘g‘irlangan fuqarolar muammosi biz uchun juda muhim. Biz o‘g‘irlangan barcha fuqarolarning tezroq qaytarilishini talab qilamiz. Men Kim Chen In bilan oldindan shartlarsiz shaxsan uchrashishga tayyorman”, degan u. 

Ma’lumot o‘rnida, Tokio Pxenyandan KXDR maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yapon fuqarolari muammosini hal qilishni talab qilmoqda. Bu masala ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy diplomatik aloqalarni saqlamaydigan munosabatlarga to‘siq bo‘ladi. 2002 yilda Pxenyan atigi 13 yapon fuqarosi o‘g‘irlanganini tan olgan va ulardan beshtasiga o‘z vataniga qaytishga ruxsat bergan. Qolganlar o‘lik deb e’lon qilingan, qoldiqlar esa qarindoshlariga yuborilgan, ularning haqiqiyligi tasdiqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya parlamentining ikkala palatasi kecha, 4 oktyabr kuni ko‘pchilik ovoz bilan Fumio Kishidani Yaponiyaning 100-Bosh vaziri etib sayladi. Joriy yilning 29 sentyabrida esa u hukmron Liberal-demokratik partiya raisi lavozimini egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya KXDR

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing