Yaponiyaning ichki qarzi tarixda ilk bor 1000 trlndan oshdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaponiyaning yig‘ilgan soliqlar hisobidan to‘lanishi kerak bo‘lgan “uzoq muddatli qarz” deb ataladigan ichki qarzining hajmi tarixda birinchi marta 1000 trillion iyendan (qariyb 7,69 trillion dollar) oshdi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lumotlari darak beradi.  

Ta’kidlanishicha, o‘tgan moliyaviy yil oxirida bu qarz 1017 trillion iyenni (7,82 trillion dollar) tashkil qilgan. Davlatlarning uzoq muddatli majburiyatlarining o‘sishi 18 yildan buyon davom etmoqda, biroq bu miqdor birinchi marta 1000 trilliondan oshgan. 

Qayd etilishicha, agar bu qarz majburiyatlariga investitsion qarzlar va odatda byudjetdagi mablag‘larning hozirgi taqchilligini to‘ldirish uchun foydalaniladigan qisqa muddatli kreditlar qo‘shilsa, Yaponiyada ichki davlat qarzining umumiy miqdori 1241 trillion (9,55 trillion dollar)ni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

qarz Yaponiya

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing