Yaponiyadagi poyezd stansiyasida “aqlli” oyna o‘rnatildi (video)
Texnologiya
−
04 avgust 2023
4797Yaponiyada Tokio shahridagi vokzallardan biriga sayohatchilar va yapon tilida yaxshi so‘zlasha olmaydigan aholi uchun “aqlli” monitor o‘rnatildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
O‘tgan oyda Yaponiyaga ikki milliondan ortiq sayyohlar tashrif buyurdi. Shuningdek, Tokiodagi bir nechta xususiy kompaniyalar umumiy hisobda yiliga 3,9 milliard yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Shu sababli temir yo‘l kompaniyalari sayohatchilarni iliq kutib olishga harakat qilishmoqda.
Mamlakatning yirik temir yo‘l kompaniyalaridan biri bo‘lgan Seibu Railway xorijlik sayyohlarga yengillik yaratish maqsadida yangi sinxron tarjima tizimini joriy qilmoqda. Unga ko‘ra, stansiyalardan biriga avtomat tarjimon oyna o‘rnatildi. Bunda xodim va sayyoh so‘zlashganda shu vaqtning o‘zida og‘zaki nutq ekranda birdan ikki tilda paydo bo‘ladi.
“Biz taqdim etgan displey yapon tilidan boshqa tillarga avtomatik tarzda tarjima qila oladi. Mijozlar chet tilida gaplashganda, stansiya navbatchisi yapon tilida, stansiya navbatchisi yapon tilida gapirsa, mijozlar jumlalarni o‘z tilida o‘qishi mumkin”, dedi Seibu Railway temir yo‘l savdosi va marketing bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Ayano Yajima.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma mijozlarga yo‘nalish yoki mahalliy hudud haqida ma’lumot olishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Yarim shaffof displeyning balandligi 40 sm, eni esa 70 sm. Qurilma VoiceBiz UCDisplay'ga ega. U 12 tilga, shu jumladan ingliz, fransuz va ispan tillariga tarjima qila oladi.
“Google Translate har doim ham mavjud emas, chunki hamma joyda ham Wi-Fi yo‘q. Shuning uchun, bu usul telefonni ko‘tarib, hamma narsani yozish, uni ko‘rsatish va tushunmovchiliklardan ko‘ra ancha yaxshiroq. Barchasi tiniq ekranda bo‘lsa, bu juda yoqimli”, dedi Yaponiyaga tashrif buyurgan italiyalik talaba Kevin Kometto.
Ushbu smart ekran taxminan uch oy davomida kompaniya sinovidan o‘tganidan so‘ng, kuzda to‘liq ishga tushirilishi maqsad qilingan.
Ma’lumot uchun, displey hozircha faqat Seybu-Sinjuku stansiyasida o‘rnatilgan. Bu bekat kuniga 135 000 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va Tokioning eng murakkab transport markazlaridan biri hisoblanadi. U Sinjuku deb nomlangan mashhur hududda joylashgan. Ushbu stansiyada 12 ta poyezd liniyasi bo‘ylab 200 ta chiqish joyiga ega 53 ta umumiy platforma mavjud bo‘lib, bu ko‘pincha birinchi marta tashrif buyurgan yo‘lovchilarni chalkashtirib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada kompaniyalar ofislarda uxlash uchun maxsus kapsulalarni o‘rnatmoqchi.