Yaponiyadagi orolda ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi
Olam
−
11 avgust 5537 1 daqiqa
Yaponiyaning uchinchi yirik oroli Kyusyu hududida kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan toshqin va ko‘chkilardan so‘ng bugun, 11 avgust kuni mintaqa hokimiyati ommaviy evakuatsiya e’lon qildi. Bu haqda “The Japan Times” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Kumatomo prefekturasida bir necha soat ichida 37 millimetr yog‘ingarchilik kuzatilgan. Bu esa o‘nlab uylarga suv kirishiga, yo‘llardagi avtomobillar oqib ketishiga va tuproqli yo‘llarning buzilishiga olib kelgan. Bir necha kishi bedarak yo‘qolgan, halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, evakuatsiya to‘g‘risidagi ogohlantirish jami 3 millionga yaqin aholiga tegishli hududlarga tarqatilgan. Eng xavfli zonada esa 380 mingdan ortiq kishi istiqomat qiladi. Qutqaruvchilar allaqachon suv bosgan uylardan o‘z kuchi bilan chiqib keta olmagan bir nechta keksani evakuatsiya qilgan.
Noqulay ob-havo mintaqadagi temiryo‘l qatnovini ham izdan chiqargan. Xususan, tezyurar poyezdlarning mahalliy operatori Kyushu Railway Co vaziyat barqarorlashguncha qatnovni to‘xtatganini e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning shimolidagi Uttarkashi shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida toshqin yuzaga kelib, u butun bir qishloqni butkul vayron qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr