Yaponiyadagi kuchli zilzilaning AESga ta’siri haqida ma’lumot berildi

Olam

image

Kecha, 7 oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar soni ayni paytda 52 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Ma’muriy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi huzuridagi Yong‘in va tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi xabar bergan. 

Jarohatlanganlarning ko‘pchiligining tana a’zolari zilzila paytida yiqilish natijasida lat yegan va shilingan, biroq jiddiy shikastlanganlar ham bor. 

Eng ko‘p jarohatlanganlar Tokioga qo‘shni Saytama va Tiba prefekturalaridan topilgan. Bugungi kunga kelib, transport harakati ko‘p qismlarda tiklangan. Biroq, yo‘l harakati buzilishi va kechikish deyarli hamma joyda kuzatilgan va bekatlarda yuzlab metr uzunlikdagi navbatlar paydo bo‘lgan. 

Ertalabki tig‘iz vaqtda 140 dan ortiq poyezd liniyadan chiqmagan, bu esa qariyb 130 ming kishining o‘z vaqtida manziliga kelishiga to‘sqinlik qilgan. 

Zilzila epitsentri Tokio va Tiba prefekturalari chegarasida, uning o‘chog‘i 75 km chuqurlikda joylashgan. Sunami xavfi e’lon qilinmagan, mahalliy seysmologlar kuchli zilzilalar takrorlanishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Tabiiy ofat natijasida Yaponiya yadroviy inshootlarida g‘ayritabiiy vaziyatlar kuzatilmagan. 

Avvalroq, Pokistonning Balujiston viloyatida sodir bo‘lgan zilzila 20 kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing