Yaponiyadagi kimyo zavodida portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
11 may 2021
3252Yaponiyadagi Sakai Chemical Industry kimyo zavodidagi portlash va undan keyin sodir bo‘lgan yong‘inda kamida to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda "Thomson Reuters Foundation" xabar bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar qutqaruvchilarga mahalliy vaqt bilan soat 07:45 da yetkazilgan.
Odamlar Fukusima prefekturasining Ivaki shahridagi zavod hududida ko‘tarilgan tutunni payqashgan.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyga o‘t o‘chiruvchilar, shuningdek, politsiya xodimlari yetib kelgan.
Portlash sababi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq, Kuvayt janubida joylashgan dunyodagi eng yirik Katta Burgan neft konida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi