Yaponiyadagi eng faol vulqon otila boshladi
Olam
−
25 iyul 2022
9015Yaponiya janubi-sharqidagi Kagosima prefekturasida joylashgan Sakuradzima vulqoni otila boshladi. Bugun, 25 iyul kuni tongda vulqon qaytadan otilgan.
Ta’kidlanishicha, vulqon 2 200 metr balandlikka kul va tutun uloqtirgan. Hodisada jabrlanuvchilar va vayrongarchiliklar yo‘qligi aytilmoqda.
Vulqon kecha, 24 iyul kuni ham otilgandi. Yaponiya meteorologik agentligi Sakuradzima vulqoni otilishi munosabati bilan odamlarni maksimal xavf darajasini e’lon qilgan. Bu esa yaqin-atrofdagi odamlarni ko‘chirishni talab qiladi.
Agentlik odamlarni kraterdan 3 kmgacha bo‘lgan masofada ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bundan tashqari, eng xavfli hududlardan bir necha o‘nlab aholi evakuatsiya qilindi.
Sakuradzima – Yaponiyadagi eng faol vulqonlardan biri. Uning otilishi muntazam ravishda sodir bo‘ladi. U yirik Kagosima yaqinidagi ko‘rfazdagi yarim orolda joylashgan. Tog‘ning balandligi taxminan 1,1 ming metrni tashkil qiladi.
LiveBarchasi