Yaponiyadagi AESning ifloslangan suvi Tinch okeaniga oqiziladi

Olam

image

Joriy yilning 13 yanvar kuni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Matsuno matbuot anjumanida 2023 yilning bahori va yozida “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi ifloslangan suvni Tinch okeaniga oqizish rejalarini ma’lum qildi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi.  

Yaponiya hukumati ikki yil avval ifloslangan suvni okeanga oqizishga qaror qilgan edi. O‘tgan yili ushbu jarayonning boshlanishi 2023 yilga mo‘ljallanganini e’lon qildi. Biroq qo‘shni mamlakatlar Xitoy va Janubiy Koreya, shuningdek, ayrim xalqaro tashkilotlarda bu jarayon xavotir uyg‘otdi. Yaponiya rasmiylarining ta’kidlashicha, okeanga oqiziladigan suv avval filtrdan o‘tkaziladi, keyinchalik okeanga quyiladi. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik ham filtrdan o‘tkazilgan suvni okeanga oqizish xavfsiz ekanini urg‘uladi.

Atom elektr stansiyasidan suvni chiqarib tashlash uchun maxsus binolar va reaktorlar kerak bo‘ladi. Ammo keyinchalik chiqindi bilan yig‘ilib qolgan reaktorlarni buzish bir necha o‘n yillar davom etishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida,  2011 yilning 11 martida “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida avariya holati sodir bo‘lgan edi. Shuningdek, ayni shu kuni Yaponiyada kuchli zilzila oqibatida sunami ham sodir bo‘lgan. Tabiiy ofatlar natijasida 16 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, yuz minglab yaponiyaliklar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya atom elektr stansiyalarini ko‘paytirish uchun yadroviy reaktorlardan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishi haqida xabar bergan edik.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya Tinch okeani ekologiya AES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing