Shvetsiya atom elektr stansiyalarini ko‘paytirmoqchi
Olam
−
11 yanvar 2023
4022Shvetsiya elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun yadroviy reaktorlardan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilmoqda. Bu haqda “Alarabiya” nashri xabar berdi.
Parlament muhokamasiga qo‘yilgan qaror katta ehtimol bilan imzolanishi kutilmoqda. Qarorning imzolanishi mamlakat uchun bir vaqtning o‘zida yuqori hajmdagi elektr quvvati bilan ta’minlashga imkon beradi. Loyihaning ilk bosqichi 2024 yilning mart oyidan boshlab tadbiq etiladi.
“Shvetsiyada elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish va energiya xavfsizligini mustahkamlash uchun ko‘proq atom elektr stansiyalarini qurishga ruxsat beruvchi qonunchilikni tayyorlamoqda”, deydi Bosh vazir Ulf Kristersson.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Xonsyu oroli shimolidagi Aomori shahrida qordan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilayotgani haqida aytib o‘tgan edik.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi