Yaponiya qordan elektr energiyasi ishlab chiqarmoqchi

Texnologiya

image

Yaponiyaning Xonsyu oroli shimolidagi Aomori shahrida qor erishi vaqtida elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushirildi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qor maxsus izolyatsiya qilingan suzish havzasida yig‘iladi va erigan suyuqlik turbinani harakatga keltiradi, atrofdagi havoning issiqligi tufayli u bug‘lanadi.

Ushbu loyiha mahalliy IT-kompaniya va Tokio Elektr aloqa universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

Aomori Yaponiyaning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, har qishda ko‘p qor yog‘adi. Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun mahalliy hokimiyat juda ko‘p pul sarflaydi.

Tajriba ijobiy natija bersa, ular qorni qayta ishlashga asoslangan butunlay yangi sanoatning paydo bo‘lishiga umid qilishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing