Yaponiyada zilziladan so‘ng yangi hududlar paydo bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 1 yanvar kuni Yaponiyaning Noto yarimoroli qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan zilzilalardan oldin va keyin koinotdan olingan suratlar solishtirildi. Bu haqda “IVU NEWS” xabar berdi.

Suratlar tahlil va tekshiruvlar natijasida zilzila qirg‘oqbo‘yi hududini 4 metrgacha kengaytirgani aniqlandi.

Yarimorolning ko‘p joylarida, qirg‘oq bo‘ylab dengiz tubi suv ustida ko‘tarilib, yangi plyajlar paydo bo‘lgan.

Shunga o‘xshash bir necha mintaqa aniqlangan bo‘lsa-da, qirg‘oq bo‘ylab tekshiruvlarning davom etayotgani aytilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Yangi yil kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 126 kishi halok bo‘lib, 500 dan ortiq odam jarohatlangan. Ayni paytda 200 ga yaqin fuqaro bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Buzilgan yo‘llar va noqulay ob-havo tufayli qutqaruv ishlari qiyin kechmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila Noto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing