Yaponiyada o‘zbekistonlik talaba koronavirusga chalindi

Jamiyat

image
Janob Prezident, niqob taqib oling (fotoreportaj) north_east

Janob Prezident, niqob taqib oling (fotoreportaj)

Yaponiyada O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talaba koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Matbuot kotibi ma’lum qildi. 

Uning yozishicha, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Jo‘rabek Hasanov Yaponiyada bir nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini bildirgan.

Assotsiatsiya vakili aloqaga chiqib, o‘zbekistonlik talaba yigitning umumiy holati yaxshi ekani haqida ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1405 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 156 nafari davolangan, 4 nafari vafot etganMavjud bemorlar soni 1245 kishini tashkil qilmoqda

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Koronavirus Yaponiyada

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing