Yaponiyada o‘zbekistonlik talaba cho‘kayotgan o‘smirni qutqarib qoldi (video)

Olam

Joriy yilning 21 aprel kuni yapon televideniyesida o‘zbekistonlik talaba Eldor O‘rinboyev yaponiyalik o‘smirni cho‘kayotganda qutqarib qolgani haqida yangilik e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoinori Fujiyama butun o‘zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi.

“Men Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘laroq, O‘rinboyevga o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, Ginovan shahrida dengizda cho‘kib ketayotgan yapon o‘smirini qutqargani uchun chuqur minnatdorligimni izhor etaman. O‘rinboyev ayni vaqtda Yaponiyaning eng janubiy qismidagi Okinava prefekturasida tahsil olyapti. O‘zi ham dengizga birinchi marta tushganiga qaramay, bor kuchi bilan suzib borib, odam qutqargan ushbu o‘zbek o‘smirining jasurligi va vijdonliligi uchun yana bir bor samimiy minnatdorchiligimni izhor etishga ijozat bering”, degan elchi Fujiyama.

Ta’kidlanishicha, Yaponiyada g‘arq bo‘layotgan insonga yordam berishga urinayotgan shaxsning o‘zi bilan baxtsiz hodisa ro‘y bergan holatlar ko‘p uchraydi.

“O‘rinboyevning harakati juda qadrli va ahamiyatli, ammo birinchi marta dengizga tushgan odamning o‘z hayoti uchun o‘ta xatarli ham. Sizlardan ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz”, deya kunlangan elchixona xabari.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Yaponiya

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing