Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha darslik nashr etildi
Jamiyat
−
08 yanvar
4368Tokio chet tillar universiteti kichik ilmiy xodimi Xidaka Sinsuke tomonidan “Yangi ekspress + o‘zbek tili” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu darslik lotin alifbosi asosida yozilgan bo‘lib, 160 sahifa va 20 ta darsdan iborat. Darslik o‘zbek tilini boshlang‘ich bosqichda o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tili grammatikasi haqida tushuncha beradi.
Shu bilan birga, og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun audio darslar tayyorlangan. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kitobni o‘rgangan odam tarjimonsiz sayohat qilish yoki ish safari qilishi mumkin bo‘ladi.
Qo‘llanma 2024 yil 29 yanvarda sotuvga chiqariladi.
Xidaka Sinsuke 2007 yildan buyon o‘zbek tilini o‘rganmoqda, 2014-2016 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy tadqiqot olib borgan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston-Yaponiya markazida yapon tilidan dars bergan.
2021 yil aprel oyidan boshlab Tokio chet tillar universitetining “Ochiq Akademiya” dasturi asosida o‘zbek tili kurslarini tashkil etib kelmoqda. Xususan, u o‘zbek tili filologiyasiga oid “O‘zbek tilida taxmin yoki imkoniyatni ifodalovchi tahliliy iboralardagi farqlar” va boshqa mavzudagi 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
LiveBarchasi