Yaponiyada tayfun tufayli 230 dan ortiq reys bekor qilindi
Olam
−
27 avgust
2844Yaponiyada “Shanshan” to‘foni yaqinlashgani sababli 230 dan ortiq reys bekor qilindi. Bu haqda aeroportlar va aviakompaniyalar monitoring xizmatlari ma’lumotlariga tayanib TASS xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, ertaga, 28 avgust kuni ertalab to‘fon Okinava prefekturasi orollariga yaqinlashadi, kechqurun esa janubi-g‘arbiy Kyusyu oroliga yetib boradi.
Nashrga ko‘ra, bu choralar, birinchi navbatda, Kyusyu orolidagi aeroportlarga ta’sir qiladi. Temiryo‘l operatorlari, shuningdek, mumkin bo‘lgan bekor qilish va kechikishlar haqida ogohlantirmoqda. “All Nippon Airways” 28 dan 30 avgustgacha 80 ta reysni bekor qilgan.
“To‘fon hozirda Amami orollariga (Okinava prefekturasi) yaqinlashmoqda va shimoli-g‘arbga Kyusyu, shuningdek, Yaponiyaning asosiy oroli Xonsyu tomon siljishi mumkin”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada do‘kondan qaychi g‘oyib bo‘lgani sababli mamlakat aeroportida 36 parvoz bekor qilinib, 201 reys kechiktirilgandi.