Yaponiyada tabiiy ofat tufayli 2 mln ga yaqin odam evakuatsiya qilinadi
Olam
−
04 iyul 2023
5188Yaponiyada kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli qariyb ikki millionga yaqin odam evakuatsiya qilinishi kutilmoqda. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning Fukuoka va Xirosima prefekturalarida eng ko‘p yomg‘ir yog‘gan hududlar bo‘lib, bu hududlarda hukumat tomonidan yuqori ogohlantirish berilgan. Nagasaki prefekturasidagi ko‘chki oqibatida esa bir ayol halok bo‘lib, uning eri va qizi bedarak yo‘qolgan.
Mamlakat Meteorologiya agentligining hisobotiga ko‘ra, bundan oldin mazkur hududlarda bu qadar kuchli yog‘ingarchilik kuzatilmagan.
“G‘arbiy prefekturalar hozirgacha eng ko‘p jabr ko‘rgan, biroq butun mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda”, deyiladi hisobotda.
LiveBarchasi