Yaponiyada Pfizer vaksinasidan ham begona moddalar topildi
Olam
−
31 avgust 2021
6295Yaponiyada Pfizer vaksinasidan begona moddalar, taxminlarga ko‘ra, ampulalarning rezina bo‘laklari topilgan. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Katsunobu Kato matbuot anjumanda ma’lum qildi.
“29 avgust kuni Okinava prefekturasining Yaesyo qishlog‘ida emlash vaqtida Pfizer vaksinasining ampulasidan begona moddalar topildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Pfizer kompaniyasiga murojaat qilib, “yuqori ehtimollik bilan bu shprits bilan noto‘g‘ri teshilishi natijasida uzilib qolgan rezina parchasi”, degan javobni oldi. Shu kabi holatlar Moderna vaksinasi bilan ham qayd etildi. Bu har ikki vaksina xavfsizligiga hech qanday ta’sir qilmaydi”, deydi u.
Bundan avval Okinava va Gunma prefekturalaridagi Moderna vaksinasining ikki partiyasidan ham begona moddalar topilgan edi. O‘tgan hafta, Yaponiya hukumati Ispaniyada ishlab chiqarilgan Moderna vaksinasining 1,63 million dozasi bilan emlashni to‘xtatib qo‘ygandi. Ularda topilgan noma’lum zarralarning o‘lchami bir necha millimetrga yetadi.
Joriy yilning 28 avgust kuni esa begona moddalar topilgan vaksina bilan emlanganlarning ikki nafari vafot etgan. Ulardan biri 38, yana biri esa 30 yoshli erkaklar bo‘lib, avval surunkali kasalliklar va allergik reaksiyalar bilan og‘rigan. Aniqlanishicha, erkaklar vaksinaning ikkinchi dozasi bilan 15 va 22 avgust kunlari emlanishgan. Emlangandan so‘ng, har ikkisi ham isitmalagan va uch kun o‘tgach noma’lum sabablarga ko‘ra, vafot etgan.
LiveBarchasi