Yaponiyada parlamentning quyi palatasi tarqatib yuborildi

Olam

image

Bugun, 19 yanvar kuni Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi parlamentning quyi palatasini muddatidan oldin tarqatib yubordi. Siyosatchi bu qarorini saylovlar o‘tkazish zarurati bilan izohlagan. Bu haqda NHK xabar berdi.

“Bugun men Bosh vazir sifatida parlamentning quyi palatasini tarqatish to‘g‘risida qaror qabul qildim”, deydi Takaichi.

Takaichi bu qadamni Yaponiya xalqi mamlakat boshqaruvini unga ishonib topshirish mumkinmi yoki yo‘qligini mustaqil ravishda hal qilishi kerak, degan fikr bilan izohlagan.

“Men xalq bevosita Sanae Takaichiga mamlakatni boshqarishni ishonib topshirish mumkinmi, degan savolga javob berishini istayman. Yaponiyada fuqarolar Bosh vazirni to‘g‘ridan to‘g‘ri saylay olmaydi. Biroq parlament quyi palatasiga saylovlar hukumatni belgilovchi saylovlar deb ataladi. Agar Liberal-demokratik partiya va Yaponiyani yangilash partiyasi o‘rinlarning ko‘pchiligini qo‘lga kiritsa, Bosh vazir Takaichi bo‘ladi”, deydi Bosh vazir.

Siyosatchi hozirgi vaqtda Liberal-demokratik partiya parlamentning birorta palatasida ham ko‘pchilik o‘ringa ega emasligini, shunga qaramay uning yetakchisi Bosh vazir lavozimini egallab turganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning oktyabr oyida Yaponiya parlamenti Sanae Takaichini mamlakatning yangi Bosh vaziri sifatida tasdiqlagandi. Siyosiy faoliyati davomida Takaichi turli davlat lavozimlarida ishlagan va LDPning eng tajribali arboblaridan biri hisoblanadi. U 1961 yilda Nara shahrida tug‘ilgan, Kobe universitetining iqtisod fakulteti hamda Matsushita davlat boshqaruvi va menejment instituti bitiruvchisi. Talabalik yillarida rok-musiqa yo‘nalishlariga qiziqqani, shuningdek, yoshligida mototsikl haydagani bilan ham tanilgan.

Takaichi 1993 yilda ilk bor vakillar palatasiga saylangan, 2006 yilda esa bir nechta vazirlik lavozimlarini egallagan. 2014 yilda u Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri bo‘lgan. Uning faoliyati davomida ayrim siyosiy bahs-munozaralar yuzaga kelganiga qaramay, u partiyaning konservativ qanotidagi yetakchi shaxs sifatida tanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya parlament Sanae Takaichi quyi palata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing