Yaponiyada noodatiy vazir lavozimi paydo bo‘ldi
Olam
−
12 fevral 2021 7196 1 daqiqa
Yaponiyada yolg‘izlik masalalari bo‘yicha vazir lavozimi paydo bo‘ldi. Bu haqda Hududlarni tiklash bo‘yicha vazir Tetsusi Sakamotoning bayonotiga asoslanib xabar berilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 12 fevral kuni Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga Sakamoto bilan uchrashgan va unga o‘z lavozimini yolg‘izlik masalalari bo‘yicha vazir lavozimi bilan birlashtirishni buyurgan.
"Suganing bu qarorga kelishiga o‘z joniga qasd qilishning ko‘payishi va koronavirus tufayli yuzaga kelgan boshqa muammolar sabab bo‘lgan", deya tushuntirgan Sakamoto.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda Yaponiyada 11 yil ichida birinchi marta o‘z joniga qasd qilish soni o‘sgan. O‘sish 3,7 foizni tashkil etgan. Mamlakatning 20 ming 900 nafar fuqarosi o‘z ixtiyori bilan hayotdan ko‘z yumgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025