Yaponiyada noma’lum shar topildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaponiyaning Tokunoshima oroli sohilidagi g‘ordan diametri taxminan bir yarim metr bo‘lgan shar topildi. Bu haqda Yaponiyaning MBC telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 fevral kuni mahalliy huquq-tartibot idoralariga noma’lum shar topilgani haqida xabar berilgan, biroq 1 martgacha uni tekshirish imkoni bo‘lmagan. Kagosima prefekturasi politsiyasi sharni tekshirib, uning ichi bo‘sh ekani va portlash xavfi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, mahalliy ma’muriyat mutaxassislari bu shar bir hafta oldin Yaponiyaning boshqa prefekturasi Sidzuokada topilgan narsaga o‘xshash ekanini aytgan. G‘ordan olingan kadrlarda ham sharning zang bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 25 fevral kuni Yaponiyada, Hamamatsu shahrining Suboya tumanidagi plyajda mahalliy aholi vakili tomonidan noma’lum shar topilgan. Keyinchalik shahar ma’muriyati vakillari bu metaldan yasalgan buyum ekanini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya noma'lum shar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing