Yaponiyada NATO vakolatxonasini ochish Fransiyaning pozitsiyasi tufayli qiyinlashmoqda

Olam

image

Yaponiyada NATO vakolatxonasini ochish rejasini amalga oshirish ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamaydigan Fransiya rasmiylarining pozitsiyasi tufayli qiyinlashmoqda. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni Yaponiyaning NHK telekanali xabar berdi. 

Aytilishicha, Yelisey saroyining nomini oshkor etmagan vakil jurnalistlarga alyans faoliyat zonasi Shimoliy Atlantika mintaqasi bo‘lib, shu munosabat bilan Parij ofis ochilishini ma’qullamasligini aytgan. Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham bu pozitsiyasini NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga aniq bildirgan. 

“Yaponiyada alyans vakolatxonasini ochish uchun NATOning barcha a’zolari bir ovozdan ma’qullashni talab qiladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan alyans sammitida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida shaxsan ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda Tokio Shimoliy Atlantika alyansi bilan hamkorlikni faol ravishda kengaytirmoqda. 2022 yilda Kisida NATO sammitida qatnashgan birinchi Yaponiya hukumati rahbari bo‘lgan. Shundan so‘ng Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi NATOga mustaqil missiya qilish, uni Bryusseldagi elchixonasidan ajratish va shu orqali missiya maqomini oshirishga qaror qilgan. Stoltenberg, shuningdek, alyans Tokioda ofis ochish niyatida ekanini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Frantsiya Yaponiya Makron Stoltenberg Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing