Yaponiyada mamlakatdagi eng baland bino qurildi (foto)

Bu qiziq

image

Yaponiyaning Tokio shahrida balandligi 330 m bo‘lgan mamlakatdagi eng baland bino qurib bitkazildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yuqori qavatlari gul barglariga o‘xshash binoning qavatlari soni 64 tani tashkil qiladi. Mazkur imorat Yaponiyada shu paytgacha eng baland bino bo‘lgan Abeno Harukas osmono‘par binosidan 30 metrga baland qilib qurilgan.

Qurilish kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, binoni qurish 2019 yilda boshlangan. Loyiha tarkibida bir nechta ko‘p qavatli binolar bo‘lib, unda brend mehmonxonalar, ofis xonalari, universitet, tibbiyot markazi, chakana savdo do‘konlari, restoranlar hamda Tokio markazidagi eng yirik xalqaro maktab o‘rin olgan. 20 gektarga yaqin maydonni egallagan loyiha hududida boshqa inshootlar, jumladan, kurort, fitnes klublari, san’at galereyasi va muzey ham mavjud.

Shuningdek, mahalliy tirbandlikni kamaytirish uchun majmua orqali o‘tiladigan yangi yo‘llar ham qurilgan. Majmuada 20 mingga yaqin xodimni ishga jalb qilish bilan birga, 3500 aholini qamrab olish ham rejalashtirilgan. Yillik tashrif buyuruvchilar soni esa 25-35 million atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Majmuadagi baland binolar AQSHning mashhur Pelli Clarke & Partners arxitektura firmasi, kam qavatli binolari esa Buyuk Britaniyaning Heatherwick studiyasi tomonidan loyihalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Yaponiyada eng baland osmono‘par binolar o‘tgan asr boshlarida qurilgan bo‘lishiga qaramay, uning shaharsozligi yuqori texnologik imkoniyatlarga boy. Ayni paytda Yaponiya ham boshqa rivojlangan davlatlar kabi tobora balandroq binolarni qurishni rejalashtirmoqda. Yaqin orada Tokio shahrida balandligi 390 metrdan iborat bino qurishni ko‘zlayotgan Yaponiya bu orqali osmono‘par binolarga boy davlatlar orasida bo‘layotgan “poyga”ga qo‘shilib olmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

arxitektura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing