Yaponiyada kuchli zilziladan jabrlanganlar soni 100 dan oshdi

Olam

image

Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzilada jabrlanganlar soni 100 nafardan oshib ketdi. Millionga yaqin uy elektr energiyasidan uzilib qoldi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.

Seysmologlar zilzila kuchini 7,3 ball deb baholayapti. Yer osti silkinishining epimarkazi Tinch okeanida 55 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila kuchini Fukusima va Miyagi prefekturasi aholisi sezgan. Tokioda ham 4 balli zilzila qayd etilgan.

Hukumatning ta’kidlashicha, Kanto va Toxoku hududlarida qariyb 1 millon uy elektr tokisiz qolgan. Favqulodda vaziyatlar guruhlari ertalabgacha muammoni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Fukusimada bir necha yuzta bino hamon elektr ta’minotisiz qolyapti.

Miyagi, Fukusima, Ibaraki. Totigi, Saytama va Tiba prefekturalaridan jabrlanganlar haqida ma’lumot olingan. Mamlakat bo‘ylab jami 14 kishi jarohatlangan.

Poytaxt atrofidagi atom elektr stansiyalarida favqulodda vaziyatlar yoki radiatsiya sizishi aniqlanmagan. “Fukusima-1” va “Fukusima-2” AESlarida silkinish natijasida oz miqdorda radioaktiv suv sachragan.

Yaponiya Bosh vaziri Yoshixide Suga seysmologlar bir nechta silkinishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirganini aytib, aholidan uyda qolishni so‘ragan.

Shu bilan birga, Yaponiyaning Milliy meteorologik idorasi hozirgi zilzila 2011 yilda “Fukusima-1” AESda avariyaga olib kelgan voqeaning oqibati bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing