Yaponiyada kuchli ko‘chki oqibatida 20 kishi jarohat oldi (video)
Olam
−
03 iyul 2021
6790Yaponiyaning Amami shahrida ko‘chki oqibatida kamida 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ko‘chki tinimsiz yog‘gan yomg‘irlar tufayli sodir bo‘lgan, shuningdek o‘nga yaqin uy vayron bo‘lgan. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini boshlagan.
Sidzuoka prefekturasi ma’muriyati yordam uchun Yaponiya o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlariga murojaat qilgan. Daryolarning ko‘tarilishi sababli poytaxt janubidagi Kanagava prefekturasida rasmiylar tarixda birinchi marta tahdidning eng yuqori darajasini e’lon qilgan va aholini evakuatsiya qilishga chaqirgan.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, uch kun ichida Sidzuokada taxminan 550 millimetr, Kanagavada esa 780 millimetr yog‘ingarchilik yog‘gan.
Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni Yaponiyaga tegishli “Byakko” yuk kemasi va Marshall orollari bayrog‘ini ko‘targan “Ulsan Pioneer” tankeri Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida to‘qnashib ketgandi.
LiveBarchasi