Yaponiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Olam

image

Yaponiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. U avval Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikada paydo bo‘lgan koronavirusning yuqumli variantlariga o‘xshaydi. Bu haqda “Kyodo” xabar bergan. 

Qayd etilishicha, virusning yangi turi Braziliyadan Yaponiyaga uchib kelgan to‘rt kishida aniqlangan. Yaponiya Hukumati bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga xabar bergan. 

Yo‘lovchilar 2 yanvar kuni Tokioning Haneda aeroportiga qo‘ngan. COVID-19 uchun test topshirgan yo‘lovchilarda musbat natija aniqlangan. 

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, ularning uchtasida isitma, tomoq og‘rig‘i va nafas qisilishi kabi O‘RVI alomatlari kuzatilgan. 

To‘rtinchi yo‘lovchi – 40 yoshli erkakda esa hech qanday alomatlar kuzatilmagan. Yaponiyaga kelganidan bir necha soat o‘tib, erkakda nafas olish qiyinlashgan. Shundan so‘ng, u shifoxonaga yotqizilgan. 

Yo‘lovchilarning test natijalari Yaponiya Milliy yuqumli kasalliklar institutiga olib kelingan. 

Mutaxassislar ularni tekshirib, COVID -19 ning mutatsiyalangan versiyasini aniqlagan. 

Ta’kidlanishicha, koronavirusning yangi turi qanchalik yuqumli ekani haqida hozircha bilish mumkin emas. Shuningdek, dunyoda yaratilgan vaksinalar unga qarshi kurasha olish yoki olmasligi ham noma’lum.

Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 289 mingdan oshgan. 220 mingdan ko‘p bemor sog‘aygan, 3 ming 850 kishi vafot etgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Yaponiyada aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2021 yil fevral oyidan oldin boshlanmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya koronavirus

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing